Joriy yilning 23 fevral kuni tuzilgan bitim böyiça, Rossiyaning “Sovkombank”i “Özagroeksportbank”dagi 100 foiz davlat uluşini 4 million dollarga sotib olişi kerak edi.

Ukrainaga boşlangan bosqin fonida AQŞ hukumati fevral oyi oxirida “Sovkombank”ga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Keyinçalik bir qator boşqa davlatlar tomonidan ham xuddi şu kabi qarorlar qabul qilindi.

Şundan keyin “Sovkombank” Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan tuzilgan bitimni bir tomonlama bekor qildi va “Özagroeksportbank”ni xususiylaştiriş jarayoni töxtab qoldi.

Moliyaçi Otabek Bakirov “Özagroeksportbank” taşqi oligarxiya bilan affillangan kompaniyalardan biriga hukumatning yopiq qarori bilan sotilayotgani haqida yozdi.

“Kompaniya nomi, u bilan affillangan şaxslar, bitim şartlari va summasi bizga ma’lum. Faqat nima uçun hukumat sotuvga qöyilgan davlat banklaridan birini şaffof bölmagan vositalar va mexanizmlar orqali, yana yopiq qaror bilan realizatsiya qilayotgani tuşunarsiz.

Yopiqlik, hatto tijoriy bitimlardagi maxfiylik özbek hukumatining taşrif qoğoziga aylanib böldi. Şaffoflikni, oçiq raqobatni, xususiylaştirişda umumqabul qilingan standart va qoidalarni töğri deb bilganlar özlariga boşqa makon va balki boşqa zamonni tanlaganlari ma’qul”, deya ta’kidladi Bakirov.

Gazeta.uz'ning xabar berişiça, “Özagroeksportbank”dagi davlat uluşini investitsiya majburiyatlarini bajariş şarti bilan Support Level kompaniyasiga ötkaziş rejalaştirilgan bölişi mumkin.

“Ehtimol, bunday majburiyatlar litsenziya talablariga muvofiq kapitalni minimal darajaga (100 mlrd söm) yetkaziş bilan boğliq böladi”, deyiladi Gazeta.uz xabarida.

“Support Level” MÇJ 2015 yil 27 avgustda Toşkent şahrida röyxatdan ötgan. Asosiy faoliyat turi – xodimlar bilan işlaş. Kompaniyaning 100 foiz uluşi Şodiyev Olimjon Qosimoviçga tegişli, rahbari — Iskandar Usmonov.