Oligarx Fattoh Şodiyevning jiyani Orifjon Şodiyev Qozoğistondagi Asia Credit Bank işi böyiça aybdor deb topildi va 18 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Hukm hali qonuniy kuçga kirmagan.

Kiçik Şodiyev Qozoğiston Jinoyat kodeksi 250-moddasida nazarda tutilgan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilişda ayblanmoqda. Sud hukmiga köra, u Asia Credit Bank'ka 16,69 milliard tenge (37,5 million dollardan ortiq) zarar yetkazgan. Hukmda bu zararni qoplaş majburiyati ham yuklangan. Orif Şodiyevdan taşqari, uning yordamçisi Mixail Solovevga 1 yillik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Ma’lum bölişiça, 2019 yilda Orif Şodiyev Nurbola Sultandan Asia Credit Bank'ni sotib oladi. Kelişuvdagi yagona şart – Şodiyev, aksiyalar evaziga, bankning bir neçta kreditlari böyiça garov ta’minotini yeçişi va bu majburiyatlarni öz böyniga olişi kerak bölgan. Öşa vaqtda bu kelişuv qiymati 16,69 milliard tenge bölgan mulklarni nazarda tutgan.

Şodiyev, dastlab, yeçilgan garov ta’minotlari örniga, Olma-otaning yuqori qismidagi 7 ta yer uçastkasini garov sifatida qöygan. Keyinroq fikrini özgartirib, Toğli Gigantda (Olma-otadagi elit hudud) joylaşgan 100 gektardan oşiq hududni garovga qöyadi. Öşanda bu yer maydonlarining qiymati 46 milliard tengedan (100 million dollardan köproq) ortiqqa baholangan. Ya’ni garov qiymati kredit summasini qoplaydi, deb hisoblangan.

Keyinroq, Asia Credit Bank öziga yuklatilgan majburiyatlarni bajara olmasligi tufayli litsenziyasi olib qöyilgan. Bankni boşqariş davlat tomonidan tuzilgan likvidatsiya komissiyasi qöliga ötgan. Komissiya bankning mijozlar va kreditorlar oldidagi majburiyatlarini qoplaş uçun bank aktivlarini sotuvga qöyiş maqsadida ularni xatlovdan ötkazgan. Xatlov davomida ma’lum bölişiça, Şodiyev tomonidan garovga qöyilgan 100 gektardan ortiq yer maydoni fermer xöjaliklari uçun möljallangan bölib, u yerda kottej va villalar qurişga qonuniy ruxsat yöq (hujjatlarda esa bu yerlarda yakka tartibdagi uylar quriş mumkinligi körsatilgan bölgan). Şu sababli hududning narxi 46 mlrd tenge turmasligi ma’lum bölgan.

Orif Şodiyev – asli özbekistonlik oligarx Fattoh Şodiyevning jiyani hisoblanadi. U qöşni mamlakatda bank va quriliş sohadagi yirik bizneslar egasi. 48 yoşli Şodiyev, Forbes reytingiga köra, bir neça marotaba Qozoğistondagi eng ta’siri katta 50 nafar tadbirkor va millionerlar röyxatiga kirgan. 2018 yil holatiga, uning boyligi 177 million dollarga baholangan.