Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda bir qator qonun loyihalari körib çiqildi.

Ikkinçi öqişda körib çiqilgan «Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi töğrisida»gi qonun loyihasi mazkur palataning faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solişga, jumladan, uning islohotlarning yangi bosqiçida, bugungi tub özgarişlar şaroitida palata samarali faoliyat yuritişini ta'minlaşga, huquqiy jihatdan tartibga solişga qaratilgan.

Loyihada Hisob palatasining huquqiy maqomi, vazifalari, prinsiplari hamda mansabdor şaxslarining vakolatlariga muayyan aniqliklar kiritildi. Axborot va ma'lumotlar almaşinuvi sohasida palataning davlat organlari, boşqa taşkilotlar bilan özaro munosabatlari, uning qonuniy talablarini bajarişning majburiyligi haqidagi normalari takomillaştirildi. 

Şuningdek, palata faoliyatining taşkil qilinişi bilan boğliq qoidalar maromiga yetkazildi. Loyihaga normativ-huquqiy atamalarning yagona şaklda, töğri qöllanilişi, normalarning sodda-ravon aks ettirilişi, adabiy til qoidalari talablariga hamda yuridik texnika va boşqa maxsus qoidalarga aniq rioya etilişini ta'minlaş borasida tegişli aniqlik kiritildi.

Uşbu qonun loyihasining qabul qilinişi Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillaştirişga, budjet tizimi mablağlaridan maqsadli va samarali foydalanişni ta'minlaşga hamda davlat aktivlarini boşqarişning oqilona taşkil etilişiga xizmat qiladi.