Indoneziyaning amaldagi prezidenti Joko Vidodo mamlakatda ötgan prezident saylovlarida ğalaba qozondi va ikkinçi muddatga prezident bölib qoladi. Bu haqda  Agence France-Presse axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, Vidodo 55,5 foiz ovoz töplagan. Uning yagona raqibi – muxolif nomzod Prabovo Subiantoga 44,5 foiz ovoz berilgan.

Subianto natijalar e'lon qilingunga qadar saylovlarning mustaqil tekşirilişini talab qilgan. Uning jamoasi baholaşiça, kamida 73 mingta saylov uçastkasida saylov jarayoni qoidalari buzilgan, 6,7 mln ovoz beruvçi saylovda iştirok etişga taklif qilinmagan.

Indoneziyada umumiy saylovlar 17 aprelda bölib ötgandi. Fuqarolar prezident, parlament deputatlari, mahalliy deputatlarni saylaşgan. Saylovda 193 mln ovoz beruvçidan 80 foizi qatnaşgan. Butun mamlakat böylab 813 mingdan köproq saylov uçastkasi faoliyat yuritgan.

Ta'kidlanişiça, Subianto uç kun içida saylov natijalari böyiça konstitutsiyaviy sudga şikoyat qilişi mumkin. Agar uning vakillari oliy sud organiga şu muddat içida murojaat qilmasalar, unda 24 may kuni Vidodo 2019-2024 yillarga prezident etib e'lon qilinadi.