Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2019 yilning 20 may kuni xalq ta'limi vaziri örinbosarini tayinladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Prezident qaroriga köra, Temurjon Komilov Özbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri örinbosari lavozimini egalladi. U xalq ta'limi sohasida moliyaviy-iqtisodiy masalalarga mas'ul hisoblanadi.
Temurjon Komilov xalqaro iqtisodiy munosabatlar yönalişi böyiça Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2004 yil bakalavriat va 2006 yili magistraturani tamomlagan. 2005-2017 yillarda davlat organlarida faoliyat yuritgan.
2017 yildan Özbekiston Respublikasi Hisob palatasida işlab kelgan. 2018 yilda u Hisob palatasining Budjet tizimi budjetlari şakllantirilişi va xarajat qismi ijro etilişini nazorat qiliş şö'basi boş inspektori lavozimida işlab kelgan.
Temurjon Komilov 2019 yil yanvar oyida Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori etib tayinlangan Otabek Nazirovning örnini egalladi.

















