Ayrim qonun hujjatlari buzilganligi uçun transport vositalari jarima maydonçasiga joylaştirilişi mumkin, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qonunçilikka köra, vakolatli davlat organlari tomonidan uşlangan transport vositalarini saqlaş viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan tanlab olingan yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi.
Uşbu yuridik şaxslar uşlangan transport vositasini jarima maydonçasiga maxsus vosita (evakuator) yordamida joylaştirilişini ta'minlaşi şart.
Bunda transport vositasining eşiklari, bagajnigi, kapoti, benzin baki qopqoği surğuçlagan (muhrlangan) holda jarima maydonçasiga joylaştirilişi lozim.
Transport vositasini uşlagan YHH xodimi quyidagilarni amalga oşiradi:
haydovçini transport vositasini boşqarişdan çetlatadi;
ma'muriy bayonnoma yoki transport vositasi uşlanganligi töğrisidagi qarorni rasmiylaştiradi;
transportdagi mol-mulk böyiça tegişli dalolatnoma tuzadi.
dalolatnoma nusxasini transport egasiga (vakiliga), şuningdek transport vositasini jarima maydonçasida saqlaşga mas'ul bölgan şaxsga topşiradi.












