Ukraina boş vaziri Vladimir Groysman çorşanba kuni iste'foga çiqişini ma'lum qildi.
"Çorşanba kuni bölib ötadigan hukumat yiğilişidan söng iste'foga çiqişga qaror qildim", — dedi Groysman.
Groysman Oliy radaga muddatidan oldin bölib ötadigan saylovlarda qatnaşişini bildirdi.
Ukraina qonunçiligiga köra, boş vazirning iste'fosi töğrisida Oliy rada qaror qabul qiladi. Boş vazir iste'foga çiqqan taqdirda butun hukumat iste'foga çiqadi.
Vladimir Zelenskiyning prezident saylovidagi ğalabasidan söng bir neça vazir, jumladan, mamlakat taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin, milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksandr Turçinov, Pyotr Poroşenko ma'muriyati rahbari Igor Raynin, uning örinbosarlari va maslahatçilari, mamlakat xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak va mudofaa vaziri Stepan Poltorak iste'fo berdi.














