Belgiya terma jamoasi a'zosi, «Çelsi» yarimhimoyaçisi Eden Azarning ukasi, sönggi mavsumlarda Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasida töp surib kelgan yarimhimoyaçi Torgan Azar faoliyatini Dortmundning «Borussiya» klubida davom ettiradi.
«Borussiya D» 26 yoşli belgiyalik havbek bilan 5 yillik şartnoma tuzilganini e'lon qildi. Bitim şartlari hozirça ma'lum emas.
Ich packe meine Kiste und nehme mit...#Hazard2024 pic.twitter.com/p651I64d8T
— Borussia Dortmund (@BVB) May 22, 2019
Transfer qiymati 40 mln yevroni taşkil etgani taxmin qilinmoqda.
Ma'lumot uçun, Torgan menxengladbaxliklar tarkibida 2014 yildan buyon öynab kelayotgandi. Uning bitimi muddati tugaşiga bir yil qolgandi.
Azar Bundesliganing yakunlangan mavsumida 33ta öyinda qatnaşib, 10ta gol urgan va 10 golga uzatma bergan.
Uşbu futbolçiga «Arsenal» va «Liverpul» klublaridan ham jiddiy qiziqişlar bildirilgandi.

















