Xitoy harbiy-dengiz kuçlari öz jangovar kemalari sonini 300 taga yetkazib qöydi. Endi Xitoyda AQŞdan 13 ta köproq kema bor bölib, u jangovar kemalari soni böyiça yetakçi davlatga aylandi. Bu haqda ChinaPower tahliliy loyihasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Popular mechanics naşri ma'lum qildi.
ChinaPower Xitoy flotini boşqa davlatlar flotlari bilan taqqoslagan.
Ta'kidlanişiça, hozirda Xitoyda 23 ta esminets, 59 ta fregat, 37 ta korvet va 76 ta suv osti kemasi bor. AQŞda esa umumiy hisobda 287 ta, Rossiyada 83 ta, Buyuk Britaniyada 75 ta va Avstraliyada 48 ta jangovar kema mavjud.
Biroq Xitoyning aksariyat jangovar kemalari öz sohillaridan olisda operatsiyalar ötkazişga möljallanmagan.
Xitoy bor-yöği bitta aviataşuvçi kemaga ega, yana bir şunday kema sinovdan ötkazilmoqda. AQŞda esa naq 11 ta aviataşuvçi kema mavjud. Ta'kidlanişiça, AQŞ floti öz kemalarining umumiy tonnaji böyiça Xitoy flotini ança ortda qoldiradi.

















