Amerikalik iqtisodçi Semyuel Uilyamson neft magnati Jon Rokfellerni ğarb madaniyati tarixidagi eng boy odam deb atadi.

Tadbirkor XIX va XX asrlar bösağasida 1,5 mlrd dollarlik boylik töplagan. Hozirgi vaqtda bu qiymat taxminan 26 mlrd dollarni taşkil qilgan bölardi. Rokfeller töplagan boylik öşa vaqtda AQŞ yalpi içki mahsulotining 1,6 foizini taşkil qilgan. Agar bu mutanosiblik saqlanib qolsa, Rokfellerning boyligi zamonaviy tarixdagi eng boy odam – Jyeff Bezosning boyligidan 3 marta köproqni taşkil qilgan bölardi. Hozirda Amazon asosçisining boyligi taxminan 117 mlrd dollarga baholanadi.      

Uilyamsonning ta'kidlaşiça, ötmişning boy odamlari – tadbirkorlar, qirollik oilalari a'zolari va Rim sarkardalarining boyliklari zamonaviy milliarderlarnikidan ança köproqni taşkil qilgan bölardi. Amerikalik iqtisodçi turli zamonlarning eng boy odamlari moliyaviy körsatkiçlarini ularning boyliklari miqdori va öşa vaqtdagi davlat yalpi içki mahsuloti nisbati orqali taqqoslaydi.

Forbes röyxatidan örin olgan boşqa milliarderlar ham ötmişning yetakçi tadbirkorlari bilan boylik borasida bahslaşa olmagan bölardi. Misol uçun, bugungi kunda pölat işlab çiqaruvçi Endryu Karnegining boyligi Uilyamson uslubi böyiça 300 mlrd dollarga yaqinni, temir yöl magnati Kornelius Vanderbiltniki esa 200 mlrd dollarga baholangan bölardi. Öz navbatida, Spartak isyoni ğolibi, Qadimgi Rim sarkardasi Mark Litsiniy Krassning boyligi 210 mlrd dollarga baholanardi.