O‘zbekiston | 11:12 / 23.05.2019
49367
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi o‘zgarish: Pensiyani hisob-kitob qilish uchun EKIH 10 barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat “Xalq so‘zi” tomonidan e'lon qilindi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda ma'qullangan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi 938–XII-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartishlar kiritildi:

27-moddaning (Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi) ikkinchi qismidagi (Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining sakkiz barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi) «sakkiz barobari» degan so‘zlar «o‘n barobari » degan so‘zlar bilan almashtirildi;

31-moddaning (O‘rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi) oltinchi qismidagi (Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi) «sakkiz barobaridan» degan so‘zlar «o‘n barobaridan» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Mavzuga oid