Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank mobil ilovalar orqali valuta sotib olish hajmi keskin oshganini ma'lum qildi
Foto: Akos Stiller / Bloomberg via Getty Images
Markaziy bank aholi tomonidan tijorat banklarining mobil ilovalari orqali chet el valutasi xarid qilinishi to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2018 yilning aprel oyidan boshlab joriy qilingan tijorat banklarining mobil ilovalari orqali chet el valutasini jismoniy shaxslarga sotish (onlayn-konversiya) bo‘yicha bank xizmati aholi o‘rtasida tobora ommaboplashib bormoqda.
Chet el valutasini masofadan turib xarid qilish uchun mahalliy bankda ochilgan xalqaro to‘lov kartasi hamda bankning tegishli mobil ilovasini o‘rnatish imkoniyatini beruvchi smartfonga ega bo‘lish kifoya.
Ushbu xizmat turidan foydalanishda mijozlar bankka tashrif buyurmasdan kunu-tun valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi sababli ham ommaviylashmoqda.
2018 yil va 2019 yilning 4 oyi ichida jismoniy shaxslar tomonidan 1,2 mlrd. dollar miqdorida chet el valutasi xarid qilingan bo‘lsa, shundan 432,3 mln. doll. yoki 36 foizi onlayn-konversiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Umuman olganda, 2018 yilning aprelidan 2019 yilning apreligacha onlayn-konversiya xizmatining jami jismoniy shaxslarga sotilgan valutadagi har oylik ulushi 9 foizdan 63 foizgacha yetdi. Bunda, jami xarid miqdoridagi onlayn-konversiya ulushining keskin o‘sishi asosan joriy yilning yanvar oyidan boshlab kuzatilmoqda.

Mavzuga oid
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
16:02 / 05.12.2025
Soxta dollarni qanday aniqlash mumkin?
20:08 / 22.11.2025