Mustaqil Davlatlar Hamdöstligida qatnaşuvçi davlatlarning Şaxslarni davlatlararo qidiriş töğrisidagi şartnomasi böyiça Özbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilişini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga köra, qarorga muvofiq Majburiy ijro byurosi Şaxslarni davlatlararo qidiriş töğrisidagi şartnomaning sud qarorlarini ijro etişdan böyin tovlayotgan şaxslar joylaşgan joyini aniqlaş qismi böyiça xalqaro hamkorlikni amalga oşiriş böyiça vakolatli organ etib belgilandi.
Eslatib ötamiz, mazkur şartnoma 2010 yil 10 dekabrda Moskva şahrida imzolangan.












