Bugun, 24 may kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi bunyodkorlik işlari bilan tanişadi va bir neça obektlarga taşrif buyuradi. 

Kun.uz manbasi xabariga köra, davlat rahbari poytaxtning Olmazor tumaniga borişi kutilmoqda. Prezidentga boş vazir Abdulla Aripov hamrohlik qiladi.

Prezident taşrif davomida Talabalar şaharçasida amalga oşirilgan işlar bilan tanişadi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi uçun qurilayotgan yangi binoni borib köradi, tumanda amalga oşiriladigan işlar loyihalari bilan tanişadi. 

Kunning ikkinçi yarmida Olmazor tumani rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar va mutasaddilar bilan uçraşuv ötkaziladi.