Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi iştirokçilarining huquqlari himoya qilinişini ta'minlaş bilan boğliq özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq sözi” tomonidan e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Prokuratura töğrisida»gi 746–XII-sonli Qonuniga quyidagi qöşimça va özgartişlar kiritildi:
28-moddaning (Prokurorning vakolatlari) matni quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Qonunlarning jinoyatçilikka qarşi kuraşişni amalga oşiruvçi organlar tomonidan ijro etilişi ustidan nazorat qiliş jarayonida prokuror öz vakolatlari doirasida:
suriştiruv va dastlabki tergov organlaridan, şuningdek tergovga qadar tekşiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlardan jinoyat işlarini, tergovga qadar tekşiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, suriştiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boşqa ma'lumotlarni tekşiriş uçun talab qiladi;
sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qiliş, röyxatdan ötkaziş hamda hal etiş töğrisidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekşiradi;
tergovçilar va suriştiruvçilarning, şuningdek tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organ mansabdor şaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
jinoyatlarni tergov qiliş, ehtiyot çorasini tanlaş, özgartiriş yoki bekor qiliş, jinoyat tavsifini belgilaş, ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qiliş, ayrim tergov harakatlarini bajariş va jinoyat sodir etib yaşiringan şaxslarni qidiriş töğrisida yozma körsatmalar beradi;
tergovga qadar tekşiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlarga uşlaş, majburiy keltiriş, qidiriş, tintuv ötkaziş, olib qöyiş töğrisidagi qarorlarni va sudning qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş haqidagi ajrimini ijro etişni, boşqa tergov harakatlarini, şu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovçisining iş yurituvida bölgan işlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarişni topşiradi, jinoyatlarni oçiş va jinoyat sodir etgan şaxslarni topiş uçun zarur çoralar köriş töğrisida körsatmalar beradi;
suriştiruvda, dastlabki tergovda iştirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday iş böyiça ayrim tergov harakatlarini şaxsan bajaradi yoki tergovni töla hajmda amalga oşiradi;












