Joriy yilning 22 may kuni Rim şahrida Italiya naslçilik uyuşmasi vakillari hamda Özbekiston quyonçilik agrofirmalari vakillari bilan özaro hamkorlik uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuv “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki taşabbusi bilan Özbekistonning Italiyadagi elçixonasi kömagida taşkil etildi.

Uçraşuv mobaynida, italiyalik mutaxassislarning naslçilik genetikasi va seleksiyasi sohasidagi yutuqlari butun dunyoda tan olinganligini inobatga olgan holda, Özbekiston Respublikasining uşbu mamlakat vakillari bilan hamkorligi samarali natijalarga olib kelişi mumkinligi alohida ta'kidlandi.

Uçraşuv yakunida Italiya naslçilik uyuşmasi prezidenti Roberto Noçentiniva “Mikrokreditbank” ATB Boşqaruv raisi O.Almardanov örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Uşbu memorandumning boş maqsadi quyonçilik sohasi genetikasi böyiça hamda quyonlarning yangi seleksiya nasllarini yetkazib beriş borasida özaro hamkorlik bölib hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida