Bugun, 25 may kuni yurtimizning barça umumta'lim maktablarida 1- va 11-sinflar iştirokida “Sönggi qönğiroq” tadbirlari bölib ötdi. Ana şunday tadbirlar Toşkent şahrining Bektemir tumanida ham şukuhli tarzda taşkil qilindi.Tumanning eng namunali ta'lim maskanlaridan biri hisoblangan 293-sonli umumta'lim maktabida “Mening maktabim-mening uyim” şiori ostida ötkazilgan bayram tadbiri yiğilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.Tadbirda Bektemir tumani “Oila” markazi rahbarlari, Bektemir tumani Xalq ta'limi bölimi xodimlari hamda faxriy ustozlar iştirok etib yurtimizning 11 yillik ta'lim tizimidagi ilk 11-sinf bitiruvçilarini katta hayotga ilk qadamlari bilan tabriklaşdi.
Kötarinki ruhda ötgan tadbirda kuy-qöşiqlardan iborat bayram dasturi namoyiş qilindi.Öquv yilida yuqori natijalarga erişgan öquvçilar hamda ustoz-murabbiylar esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi. Mazkur maktab samaradorligi böyiça eng yaxşi natijalarga erişgan bilim dargohlaridan biri sanalib nafaqat tuman, balki şahar miqyosida ham öz örniga ega maskan hisoblanadi.
















