Prezident Şavkat Mirziyoyev «Sönggi qönğiroq» arafasida maktablarni bitiruvçi öğil-qizlarga tabrik yölladi.

«Avvalo, siz, azizlarni hayotingizdagi bugungi unutilmas quvonçli voqea – maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, yetuklik şahodatnomasini qabul qilib olayotganingiz va mustaqil hayotga qadam qöyayotganingiz bilan samimiy muborakbod etaman. Uşbu şukuhli ayyomda mamlakatimizdagi 10 mingdan ziyod maktabda mehribon ustozlar, hurmatli ota-onalar iştirokida “sönggi qönğiroq”lar jaranglab, 450 ming nafardan ortiq bitiruvçi yoşlarimiz şa’niga ezgu tilaklar bildirilmoqda. Barçamiz bu fikrlarga çin dildan qöşilgan holda, katta orzu-umidlar bilan kelajak rejalarini tuzayotgan öğil-qizlarimizga ularni amalga oşirişda ulkan kuç-ğayrat, omad va zafarlar tilaymiz», deyiladi tabrik sözida.

Qayd qilinişiça, bu yil maktablarni 11 ming 500 nafardan ziyod öquvçi oltin medal bilan tugatadi, 2 mingdan ortiği kumuş medal oladi.

«Kelajagimiz egalari bölgan navqiron avlodimiz Yangi Özbekistonni barpo etişda katta bunyodkor kuç sifatida iştirok etişi uçun zarur şaroitlarni yaratib bermoqdamiz. Jumladan, sizlarning zamonaviy ilm va kasb-hunarlar, ona tili bilan birga xorijiy tillar, IT va innovatsion texnologiyalarni, ijod va tadbirkorlik sohalarini puxta egallaşingiz uçun hozirgi kunda 201 ta oliy öquv yurti, 598 ta texnikum, köplab monomarkaz va texnoparklar, kutubxonalar, madaniyat, san’at va sport muassasalari samarali faoliyat körsatmoqda. Ta’limning barça böğinlarida öquv-tarbiya işlarining sifati va natijadorligini oşiriş, bitiruvçi yoşlarimizga tanlov imkoniyatlarini kengaytiriş uçun yangi-yangi tizim va dasturlar, elektron platformalar işga tuşirilmoqda. Sizlar ana şunday beqiyos imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yoşlik faslining oltinga teng har bir daqiqasini qadrlab, kelgusida Vatanimiz mustaqilligini, el-yurtimiz manfaatlarini barça sohalarda dadil himoya qiladigan yetuk kadrlar, ongli va olijanob insonlar bölib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilasiz, deb işonaman», deyiladi tabrik sözida.

Prezident odamzot hayotda munosib örin topişi, el-yurtning hurmati va e’tiboriga sazovor bölişi uçun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni egallab, doimo oldinga intilib yaşaşi, izlaniş va örganişdan aslo töxtamasligi kerakligini ta’kidladi.

«Halol va maşaqqatli mehnat, ilmga, kasbga, ota-ona va oilaga sadoqat, heç şubhasiz, insonni yuksaltiradi, uning hayotini fayzli va çaroğon etadi. Ayniqsa, sizlar kabi navqiron, azmu şijoatli yoşlarimizga şiddatli zamondan ibrat olib, har kuni bir natijaga erişib, irodangizni sinovlarda toblab, faqat va faqat oldinga qarab boriş yaraşadi. Aminman, sizlarning yangi ğoya va taşabbuslaringiz, turli sohalardagi yutuqlaringiz Yangi Özbekistonni yanada qudratli etadigan moddiy va ma’naviy asoslarni barpo etişga beqiyos hissa bölib qöşiladi. Sizlardek öz kuçiga işongan, qat’iyatli yoşlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezgu işlar va yorqin natijalar kutadi. Ana şunday yuksak işonçga doimo munosib böling! Intiliş, izlaniş va yangilik yaratişdan aslo çarçamang! Mustaqil hayot sari ilk qadamlaringiz qutluğ bölsin, aziz öğil-qizlarim!», deyiladi tabrik sözida.