Namangan viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi Çortoq tumanidagi maktabda «Sönggi qönğiroq» tadbirida yuz bergan holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda ötkazilgan bayram tadbiri vaqtida bitiruvçi öquvçilar qöllariga kötarib olgan gaz bilan töldirilgan şarlar portlagani, natijada, ba’zi qizlarning soçi yongani tasvirlangan video tarqaldi.

Qayd etilişiça, mazkur holat Namangan viloyati Çortoq tumanidagi 48-umumta’lim maktabida sodir bölgan.

Mehnat kodeksiga köra, öz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, taşkilotda örnatilgan içki mehnat tartib qoidalarini qöpol ravişda buzgani, öziga yuklatilgan lavozim vazifalarini lozim darajada bajarmagani va bir qator kamçiliklarga yöl qöygani uçun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Şuningdek, maktabning ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari va sinf rahbariga nisbatan tegişli intizomiy jazo çoralari qöllangan.

Avvalroq Özbekiston maktablarida ötkazilgan «Sönggi qönğiroq» tadbirlarida öquvçilar tomonidan avtomobilni noqonuniy boşqariş holatlari aniqlangani töğrisida xabar berilgandi.