Bugun Özbekistondagi maktablarida “Sönggi qönğiroq” tadbiri bölib ötdi. Farğona şahridagi 40-maktabda ham 122 nafar öquvçi mustaqil hayotga qadam qöymoqda. Bitiruvçilarning 3 nafari TOP 100, 13 nafari esa TOP 300 talik xalqaro universitetlarga grant asosida muddatidan avval talabalikni qölga kiritgan. 41 nafar öquvçi esa fanlardan xalqaro va milliy sertifikatlarga ega.
Bugungi kunda Farğona viloyatida 1 076 ta maktab faoliyat yuritmoqda. Uşbu maktablarda jami 721 556 nafar öğil-qiz ta’lim olişadi. Joriy öquv yilida viloyatda 47 311 nafar 11-sinf öquvçilari maktabni tamomlab, mustaqil hayotga qadam qöymoqda.
Şuningdek, bu yilgi bitiruvçilarning 440 nafari muddatidan avval oliy ta’lim muassasalari talabasiga aylangan.
















