24 may kuni O‘zbekiston maktablarida o‘tkazilgan «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida o‘quvchilar tomonidan avtomobilni noqonuniy boshqarish holatlari aniqlandi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

«Soat 14:00 holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab voyaga yetmaganlar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi. Ular orasida hatto 5-sinf o‘quvchisi ham bor», deyiladi xabarda.

YHXX nazorat tadbirlari davom ettirilishini ma’lum qildi va ota-onalardan mas’uliyatli bo‘lishni so‘radi.