Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind "Bxaratiya janata parti" (BDP) yetakçisi  Narendra Modini boş vazir etib tayinladi. Bu haqda Hindiston prezidentining Twitter sahifasida ma'lum qilindi.

Prezident şanba kuni Modi bilan uçraşdi va undan mamlakatning yangi hukumatini şakllantirişni hamda vazirlar mahkamasi a'zolari röyxatini taqdim etişni söradi. 

Foto: @rashtrapatibhvn / Tvitter

"Yaqin kunlar içida hukumat faoliyatini boşlaydi. Heç bir soniya bejiz ketmaydi", - dedi Modi uçraşuvdan söng jurnalistlarga.

Hindistonda bir oydan ortiqroq davom etgan parlament saylovlari 19 may kuni nihoyasiga yetdi. 

Foto: @rashtrapatibhvn / Tvitter