Litvada 26 may kuni prezident saylovlarining 2-turi va Yevroparlamentga deputatlar saylovlari bölib ötadi.
Prezident saylovlarining 2-turi 1-turidan 2 haftadan keyin bölib ötmoqda. 1-turda 9 nomzoddan birortasi ğalaba uçun zarur bölgan 50 foizdan köproq ovoz töplay olmagandi.
2-turga 44 yoşli sobiq moliya vaziri Ingrida Şimonite va 54 yoşli iqtisodçi Gitanas Nauseda ötdi. Ular mos ravişda 31,13 va 30,94 foiz ovoz olişgan, farq bor-yöği 5323 ovozni taşkil qilgan. Mutaxassislar fikriça, nomzodlarning imkoniyatlari deyarli teng.
Litvaning amaldagi prezidenti Dalya Gribauskayte uşbu lavozimni 2-muddat egallayotgani sababli 3-muddatga saylana olmaydi.
Prezident yaşirin ovoz bilan 5 yilga saylanadi.
Litvadagi prezident saylovlari Yevroparlamentga deputatlar saylovlarini orqa planga surib qöydi. Litva Yevroparlamentda 11 ta öringa ega bölib, bu örinlar uçun 302 nomzod, ya'ni har bir öringa deyarli 30 nafardan nomzod da'vogarlik qilmoqda.












