Yevropa kengaşi raisi Donald Tusk şu hafta Özbekistonga taşrif buyuradi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toşkentga taşrif 31 may kuni, Markaziy Osiyo mamlakatlariga safar doirasida bölib ötadi. Tusk Tojikiston va Qozoğistonga ham boradi.
«Donald Tusk safari YeIning mintaqa va alohida mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi sa'y-harakatlarining yana bir ifodasidir», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Taşrif çoğida Tusk Tojikistonda prezident Imomali Rahmon, Qozoğistonda prezident Qosim-Jomart Toqayev va birinçi prezident Nursulton Nazarboyev, şuningdek, Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşadi.
Mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlik masalasidan taşqari, iqlim özgarişi, atrof-muhitni muhofaza qiliş va çegara nazorati, şuningdek mintaqaviy xavfsizlik böyiça ham fikr almaşiladi.












