Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning qizi Instagram’dagi öz sahifasida hordiq olayotganida, qimmatbaho avtomobillar fonida va VIP-şaxslar uçun xususiy samolyotdagi parvozdan olingan suratlarni joylaştirdi.

Keyinçalik Ortiqxöjayevning qizi sönggi e'lon qilingan fotosuratlarni öçirib taşladi, biroq ba'zi blogerlar ulardan skrinşot olişga ulgurişdi hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirişdi.

Toşkent şahar hokimligi vakilining Kun.uz’ga xabar berişiça, u haqiqatdan ham Jahongir Ortiqxöjayevning qizi, e'lon qilingan fotosuratlar esa eskidir. Şu bilan birga, hokimlikdagilar ba'zi şaxslar şahar hokimining şaxsiy hayotiga aralaşa boşlaganidan aççiqlanişdi.

«Bu şaxsiy hayotga tajovuz deyiladi. Fotosuratlarni barça körişi mumkin degani, bu istalgan şaxs uni resursida öz maqsadlari va turliça talqin etgan holda qöyişi mumkinligini anglatmaydi. Ha, u tadbirkor edi va ha, endi poytaxt hokimiga aylandi. Agar odamlar hokim poytaxt uçun qilayotgan yaxşi va foydali işning kamida törtdan birini qilganlarida edi, unda ularda nafaqat hamma yerdan va hamma narsadan kir qidirişga, balki bu haqda öylaşga ham vaqt bölmasdi. Ular öz kuçlarini foydaliroq narsalarga yönaltirişsin», - dedi Toşkent hokimligi vakillaridan biri.

E'tibor bering, Jahongir Ortiqxöjayev poytaxt hokimligiga faqat bir yildan beri rahbarlik qilmoqda. Ilgari u mamlakatdagi eng yirik tadbirkorlardan biri edi. Umuman olganda, har qanday normal mamlakatda bölganidek, tadbirkor qimmatbaho avtomobil, uy va hokazolarga egalik qiliş huquqiga egadir.

Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyi oxirida Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev jurnalistlarning Tashkent City loyihasini amalga oşiruvçi kompaniyalar bilan aloqalariga oid savollariga javob qaytargandi.

«Haqiqatdan Akfa 20 yillik kompaniyam. Özim taşkil etganman kompaniyani. Töğrisini aytsam, hokim böliş tuşimga ham kirmagan. Yarim soat oldin eşitganman hokim bölişimni. Ammo, 20 yillik kompaniyani, töğrisini aytaman, 31 ming işçisi bilan şundoq taşlab ketiş... Men hokim bölganimda, prezidentimiz şu yerda (kompaniyada-tahr.) orttirgin tajribalaringni, deb hokim sifatida tayinlaganlar. Kompaniya boşqaruvini boşqa insonlarga, şogirdlaringga taşlab ketgin, degan talab bölgan. Lekin hissangni bergin, degan talab bölmagan. Agar, menda Boeing aksiyasi bölsa, hokim bölib, berib yuborişim kerakmi? Yoki Apple aksiyasi bölsa qölimda, men işni boşqarmayman u kompaniyada, hokim böldim, deb uni ham sotişim kerakmi?», - dedi Ortiqxöjayev.