· Quyoşni çiroq singari öçirib qöyiş imkoni bölsa va bu imkoniyatdan foydalanilsa, bir hafta içida Yerdagi harorat -18 darajaga, bir yil içida esa -75 darajaga tuşadi va jon saqlaş mumkin bölmay qoladi;

· Quyoş borgan sari issiqroq va yorqinroq bölib bormoqda. Vaqtlar ötib u ön marta yorqinlaşişi mumkin. Faqat buning uçun taxminan milliard yil kerak;

· Quyoş massasining 72 foizi vodorod va 26 foizi geliydan iborat. Qolgani arzimas miqdordagi boşqa elementlardir. Har soniyada 700 million (!) tonna vodorod yonib, geliyga aylanadi;

· Quyoş katta miqdordagi energiya manbai bölişi bilan birga ulkan massaga ham ega. Uning oğirligi Quyoş tizimining 99 foizini taşkil qiladi;

· Şunday sayyoralar va ularning yöldoşlari borki, ularning ayrim qismlariga quyoş nurlari uzluksiz tuşib turadi, ya'ni öşa hududlarda tun bölmaydi;

· Hisob-kitoblarga köra, Quyoş özining örta yoşini yaşamoqda. Astronomlar ma'lumotlariga qaraganda bu yulduz paydo bölganiga 4,5 milliard yil bölgan va yana taxminan 5 milliard yildan keyin u yonib bitib, avval qizil gigantga, keyin oq karlik yulduzga aylanadi;

· Agar insoniyat Quyoş energiyasini işlab çiqarişni istasa, har soniyada 100 milliard tonna dinamit portlatib turişi lozim va bunga aql bovar qilmaydi.