AQŞ prezidenti Donald Tramp rasmiy taşrif bilan Yaponiyada bölib turibdi. Bu AQŞ prezidentlarining 1992 yildan buyon Yaponiyaga amalga oşirgan eng davomli taşrifi bölib turibdi. AQŞ yetakçisi Yaponiyada nafaqat siyosiy uçraşuvlar ötkazmoqda, balki vaqtiçoğlik qilişni ham unutmayapti.
Trampning taşrif davomida Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe bilan golf öynaşi aytilgandi. 26 may kuni ikki mamlakat yetakçisi kelişilganidek golf öynaşdi. Bu öyinga yaponiyalik maşhur golfçi Isao Aoki ham taklif qilindi.
Tramp va Abe bu öyinni yaxşi körişadi. Ular umumiy 5-marta birga öynaşdi. Oxirgi marta siyosatçilar aprel oyida Abening AQŞga taşrifi doirasida golf öynaşgandi. «Hozir Sindzo Abe bilan golf öynaymiz. Yaponiya bu öyinni yaxşi köradi»,- deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.
Tramp Yaponiya milliy sporti sumoni ham yoqtirişini aytgandi. Yaponiyada uning taşrifi munosabati bilan sumo böyiça «AQŞ prezidenti Kubogi» musobaqasi taşkil qilindi. Rafiqasi Melanya bilan sumo bahslarini tomoşa qilgan Tramp 30 kiloli boş sovrinni ğolibga özi topşirdi. Sovrin AQŞdan olib kelingandi.

AQŞ yetakçisi va uning rafiqasi yapon oşxonasida ovqatlanişga ham ulgurişdi. U yerda taomlar mehmonlarning köz öngida tayyorlandi va Tramp ovqat mahalida Yaponiyaga bölgan taşrifi ajoyib ötayotganini ma'lum qildi.












