Negadir har doim ijtimoiy tarmoqlardagi alimentçi ota, qarzdor ota degan sarlavha ostidagi malumotlarni töğri hazm qilamiz, köz öngimizdan öz farzandini öylamaydigan beburd otalar namoyon böladi. Bunday holatga allaqaçonlar könikkanmiz, lekin alimentçi ona degan sarlavhaga nima deysiz. Darhol e'tiboringizni tortdi-a? Keling, voqeani batafsil oşkor etamiz.
Fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudining 26.01.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor ona A.Z.dan undiruvçi L.Z. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining ta'minoti uçun 1/4 qism miqdorida aliment undiriş töğrisidagi ijro hujjati mavjud.
Alimentçi onaga ijro hujjati talabi töliq taniştirilib, aliment pullarini öz vaqtida tölamagan taqdirida Özbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilişi töğrisida ogohlantirilgan.
Biroq, alimentçi ona 2018 yilning fevral oyidan 2019 yilning mart oyiga qadar voyaga yetmagan, nogironligi bor 1 nafar farzandini moddiy ahvolini öylamay, ijro hujjatida belgilangan miqdordagi aliment pullarini tölamay kelgan.
Qarzdor ona A.Z. 15 oy uçun tölanişi lozim bölgan 6 mln. sömdan ortiq miqdordagi aliment pullarini tölamasdan, farzandini moddiy ta'minlaşdan böyin tovlagani uçun Özbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 47-4-moddasiga asosan qarzdor A.Z.ga nisbatan 15 (ön beş) sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Şundan söng qarzdor A.Z.dan majburiy tartibda 01.05.2019 yil holatiga 6.456.000 söm aliment qarzdorligi nogironligi bor voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy ta'minoti uçun undirib berildi.












