Rişton bozorida savdo qiluvçi, bozor içida «Roşidoniy xalq kutubxonasi» oçgani bilan maşhur bölgan Dima Qayum bozor va uning içidagi kutubxona buzilayotgani tufayli yordam sörab Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvçi Komil Allamjonovga murojaat qilgan.

Dima Qayum avval ham Rişton tuman hokimligi bozorda tiklangan kutubxonasini buzayotganidan şikoyat qilgan, hattoki Prezidentdan yordam söragan edi. Şundan söng köplab mutasaddilarning aralaşuvi bilan kutubxona buzilmay qolgan edi.
Komil Allamjonov feysbukdagi sahifasida uşbu murojaatga javob e'lon qildi:
«Menga «Feysbuk» ijtimoiy tarmoği orqali Dilşod Boltaboyev (Dima Qayum) taxallusi bilan tanilgan riştonlik tadbirkor va bloger Dilşod Boltaboyevdan siz suratda körib turgan murojaat kelib tuşdi.
Dima Qayum, eng avvalo, sizga kitob mutolaasi va uning tarğiboti yölida qilayotgan sa'y-harakatlaringiz, Prezidentimiz siyosatini tarğib etib, bizga bu borada kömakçi bölayotganingiz uçun rahmat. Heç şubhasiz, kitobxonlik va mutolaa bugungi kunning eng muhim hamda dolzarb masalalardan biridir.
Murojaatingizda aytilgan masala atrofliça örganildi va uni hal etiş çoralari körilyapti. Sizga telefon orqali qönğiroq qilib aytganimdek, bugungi kunda tumanda bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari boşlangan. Biz viloyat hokimi Şuhrat Madaminoviç bilan kelişgan holda, sizning kutubxonangiz öz faoliyatini davom ettirişi uçun kerakli çoralarni köryapmiz. Kutubxona uçun tumandagi eng yaxşi joyni tanlasangiz, öşa yerda birgalikda kutubxona quramiz.
Şuni alohida ta'kidlamoqçiman — Agentlik kitobxonlikni tarğib qilişga bel boğlagan har bir kişini himoya qilişga, qöllab-quvvatlaşga va yordam berişga tayyor. Siz va siz kabi kitobxonlikka befarq bölmagan, bu borada özining beğaraz xizmatini ayamayotgan insonlar bilan hamişa birgamiz», — deyilgan murojaatda.












