25 may kuni Özbekiston-Britaniya savdo-iqtisodiy munosabatlari tarixida ilk bor London peştaxtalariga, xususan xalqaro ğarbiy bozorga Namangan viloyatidan sarxil gilos mevalari yetkazib berildi, deb xabar berdi «Dunyo» AA.

Agentlikning ma'lumot berişiça, Western International Market dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari sotiladigan Londondagi eng yirik ulgurji bozorlaridan hisoblanadi.

Özbekiston giloslarini Britaniyaga import qilgan AKS Services Group kompaniyasi boş direktori Vais Kaisning qayd etişiça, bu tarixiy kun hisoblanadi.

«Bugun tarixiy kun. Özbekiston gilosining birinçi partiyasi ilk bor Britaniya bozoriga yetkazib berildi. Bizga Qişloq xöjalik vazirligi, Davlat karantin inspeksiyasi, «Özstandart» agentligi va Özbekistonning Londondagi elçixonasi katta yordam berdi», - dedi u.

AKS Services Group kompaniyasi vakillarining aytişlariça, yaqin vaqt içida Buyuk Britaniyaga Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida yetiştirilgan piyoz, bodring, anor, xurmo hamda turli quritilgan mevalarni import qiliş rejalaştirilgan.