28 may kuni internetda Andijonda prezidentga közböyamaçilik qilingani töğrisida xabar tarqaldi.

Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 16 may kuni Andijon viloyatiga taşrifi çoğida «Özbekiston24» telekanali orqali «uy berildi» deb körsatilgan ayollardan biri Xurşida Tillayeva uy uçun minnatdorçilik bildirib intervyu berganidan keyin uydan çiqarib yuborilgani haqida aytilgan.

Kun.uz muxbiri uşbu mojaroli holat tafsilotlarini örganiş uçun Andijon şahrida böldi.

Aniqlanişiça, Xurşida Tillayeva oilasi buzilgaç, Andijon şahri markazidagi Puşkin köçasida keksa onasi Xalimaxon Tillayeva, singlisi va nogironligi bor ukasi bilan yaşab kelgan.

Prezidentning Andijonga taşrifi vaqtida viloyat hokimligi Xurşida Tillayevaning onasi va oila uçun Andijon şahri çetida barpo etilgan mahalladan kottej berilgan (eski mahalla örnida «Andijan city» işbilarmonlik şaharçasi quriladi).

Ma'lum bölişiça, işxonasi ikki xonali kvartira uçun dastlabki tölovni amalga oşirgan Xurşida Tillayeva özi va ikki farzandi uçun ham namunali uylardan alohida kottej berilişini istagan.

Şundan keyin u videomurojaat yöllab, öziga berilgan uy tortib olinganidan şikoyat qilgan. 

Endi ma'lum bölişiça, u onasi örniga, uy öziga emas, onasiga berilganini anglagan holda «Özbekiston 24» uçun intervyu bergan. Telekanal muxbiri esa intervyuni Xurşida Tillayevaning onasiga berilgan uyda emas, qöşni uyda s'yomka qilgan. Muxbir bu uy Xurşida Tillayevaga ham, uning onasiga ham berilmaganidan xabardor bölganmi, yöqmi, bu savol hozirça oçiq. Şuningdek, hokimlik ham bu intervyu tayyorlanişi jarayonidan xabardor bölganmi, yöqmi, bunisi noma'lum.

Ta'kidlaş kerakki, Xurşida Tillayeva Kun.uz muxbiri bilan suhbatda özi ham kottejli böliş maqsadida xorijiy naşrlar uçun videomurojaat tayyorlaganini tan oldi va hali ham kottejli bölişdan umid uzmayotganini qöşimça qildi. U hozirda onasi Xalimaxon Tillayeva uçun berilgan uyda yaşamoqda.

Vaziyat kartinasi şunday: hozirça kim köproq közböyamaçilik qildi, kim kimni aldadi, bu böyiça yakuniy xulosaga şoşilmaymiz.

Ayni vaqtda mazkur ayolning videomurojaati yuzasidan tuzilgan maxsus komissiya örganiş işlarini olib bormoqda, yaqin vaqtlar içida masalaga töla oydinlik kiritiladi.