Marşal Halifa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi (LMA) Qohiraga eng xavfli misrlik terrorçi Hişam Aşmauiyni ekstraditsiya qildi. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda Youm7 portali ma'lum qildi. 

Avvalroq portal Misr taşqi razvedka xizmati boşliği Abbos Kamol LMA qömondoni Haftar bilan 28 may kuni uçraşuv ötkazganini ma'lum qilgandi. 

LMA harbiylari 2018 yil oktyabrda Liviya şarqidagi Darna şahrida Misr armiyasining sobiq harbiysi, Misrda terrorçilik faoliyatiga aloqadorligi uçun qidirilayotgan Hişam Aşmauiyning qölga olinganini e'lon qilişgan. 

Misr OAV Aşmauiyni eng xavfli misrlik terrorçi deb ataydi. Avval Misr maxsus kuçlarining eng nufuzli bölinmalaridan birida xizmat ötagan Aşmauiy radikal qaraşlarga berilib, terrorçilik guruhlariga qöşilgan. Aşmauiy bir qator yirik teraktlar sodir etişda, jumladan 2017 yil oktyabrda Al-Vaxat tumanida Misr içki işlar kuçlari otryadlariga hujum qilişda gumon qilinadi. Öşa hujum oqibatida 16 harbiy halok bölgan. 

U, şuningdek, Sinay yarimorolining şimolidagi “Bayt al-Makdis” terrorçilik guruhi va Liviyaning Darna şahridagi “Murabitun” guruhi taşkilotçilaridan biri hisoblanadi.