Juda istasangiz ham qorin oğrimasligi uçun qaysi mahsulotlarni yeyiş mumkin emas?

Foto: Layfxaker

Tarkibida ziravorlar köp bölgan taomlar

Oç qorningiz qurillaşni boşlasa, aççiq ziravorlar qöşilgan xuşböy taomni iste'mol qilgingiz keladi. Biroq ziravorlar tufayli oşqozonda yoqimsiz hislar kuçayişi mumkin, - deb hisoblaydi Nyu-York universiteti qoşidagi Langone tibbiyot markazi gastroenterologi, tibbiyot fanlari doktori Liza Genji (Lisa Ganjhu).

Aççiq garmdori yoki qaylali taomni ikkinçi taom sifatida olib qöygan ma'qul.

Nima yeyiş kerak?

Aççiq taomlardan keyingi «yonğin»ni öçirişni sut mahsulotlari a'lo darajada eplaydi va oşqozon devorlarini yumşoqlik bilan qoplaydi. Şuning uçun hind oşxonasi taomlari asosi yogurtdan iborat qaylalar bilan tortiladi. Şu bois oç bölganingizda aççiq taom qöyilsa, dastlab bir neça höplam sut içing va şakar qöşilmagan yogurt iste'mol qiling.

Ziravorlarga ruxsat berilgan, biroq zira va kaşniç hazm qiliş tizimida noqulaylik uyğotadi.

Mevalar, agar bu yagona taom bölsa

Olma yoki nok oçlik hissini öldirmaydi, deydi Atlantadagi Ovqatlaniş va parhez akademiyasi vakili, parhezşunos-nutritsionist,Tamara Melton (Tamara Melton). Mevalardagi şakar konfetdagi şakarga qaraganda qonga sekinroq kelib tuşadi. Biroq u iste'mol qiliş istagidan qutqarmaydi.

Mevalarga oqsil miqdori yuqori bölgan mahsulotlarni qöşiş kerak. Ular sekinroq hazm böladi, oçlik hissiga javobgar bölgan gormon – grelin işlab çiqarilişini bosadi. Aynan grelin miyaga oçlik haqida signal yuboradi.

Nima yeyiş kerak?

Mevalarni yonğoq va pişloq bilan iste'mol qiling. Meva va grekça yogurt qöşilgan tvorog bir-biriga a'lo darajada mos keladi.

Snek, çips va peçene

Beşta krekerda 100 kilokaloriyagaça bölişi mumkin. Biroq bu miqdor oçlik bilan kuraşişda yordam bermaydi. Fastfud-tamaddilarning asosiy muammosi şunda: oson uglevodlarning yuqori miqdori qondagi qand miqdorini keskin oşiradi va bu körsatkiç tezda tuşadi. Siz yana ovqatlanişni istaysiz.