Toşkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “OAV sohasida milliy qonunçilikni yanada takomillaştirişning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasi ötkazildi.

“Nima uçun matbuot amalda törtinçi hokimiyat darajasiga kötarila olmayapti, degan savolga, köp omillar qatori vazirlik va idora rahbarlarining matbuot kotibi yoki axborot xizmatlariga nisbatan e'tiborsiz munosabatini asosiy sabab qilib körsatiş mumkin.

Köplab davlatlar organlarining veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, mobil messenjerlari orqali tezkor axborot tarqatiş işlari oqsamoqda. Bu esa, öz navbatida, yurtdoşlarimizni özini qiziqtirgan ma'lumotlarni xorijiy manbalardan izlaşga yoki muammoli murojaatlarini çet el ommaviy axborot vositalari orqali çop ettirib, davlat idoralari e'tiborini jalb qilişiga olib kelmoqda.

Ötkazilgan tahlillar va örganişlar şuni körsatmoqdaki, 10dan ortiq respublika darajasidagi davlat taşkilotlarida hamda 200ga yaqin tuman va şahar hokimliklarida haligaça axborot xizmatlari faoliyati taşkil etilmagan. Davlat hokimiyati va boşqaruvi, xöjalik boşqaruvi organlari hamda boşqa taşkilotlarning jamoatçilik bilan aloqalarini tubdan takomillaştiriş hamda axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini qabul qiliş taklifi ilgari surilmoqda. Unda ilk bor axborot xizmatlarining asosiy vazifalari, vakolatlari, majburiyatlari, matbuot kotiblarining taşkilotdagi örni va maqomi, moddiy-texnik va moliyaviy ta'minoti, şart-şaroitlari, malaka oşiriş imkoniyatlari tubdan yaxşilanib, huquqiy kafolatlanmoqda”, - dedi Saida Mirziyoyeva.

Video: Youtube