WikiLeaks asosçisi Julian Assanj Britaniyadagi Belmarş turmasining tibbiy bölimiga joylaştirildi. WikiLeaks uning soğliği yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan.
Ta'kidlanişiça, Assanjning salomatligi u Ekvador elçixonasida “insonning asosiy huquqlariga töğri kelmaydigan” şaroitlarda 7 yil ötkazganidan keyin ança yomonlaşgan. Assanjning advokati Per Samuelsonning aytişiça, WikiLeaks asosçisining soğliği ötgan juma kuni şunday ahvolda bölganki, u bilan normal suhbat olib borişning iloji bölmagan.
“Belmarşdagi 7 haftadan keyin uning soğliği yomonlaşişda davom etgan, u juda oriqlab ketgan. Turma rahbariyatining uni tibbiy bölimga joylaştiriş qarori bundan darakdir”, deb qöşimça qilingan WikiLeaks’da.
Assanjning ekstraditsiyasi böyiça navbatdagi sud yiğilişi 30 may kuni Londonning Vestminster okrugi sudida bölib ötadi. Jurnalistning ekstraditsiyasi böyiça jarayon 2 may kuni boşlangan. Hozir britan sudi AQŞdan uning ekstraditsiya qilinişiga ruxsat beruvçi hujjatlar taqdim qilinişini kutmoqda.













