Hozirgi kunda mehmonxonalar – konditsionerli xonaning özigina emas. Texnologik rivojlaniş mehmonxona sanoatiga öz ta'sirini körsatdi. Aksinça, butun dunyodagi otelerlar köplab buyumlarni yaratişda novatorlar sanalişadi.
Mehmonxona sanoatida namoyiş etiladigan yorqin innovatsiyalardan biri mehmonxonani boşqariş tizimidan foydalaniş bölib, u xodim va mehmonlar orasidagi tartibsizlikdan xalos bölişda yordam beradi. Maxsus datçiklar mehmonga qaçon uyğonişni aytadi, robot-xodimlar esa unga taom va yangi soçiqlar keltirişi mumkin. facte.ru hozirda mavjud va yaqin kelajakda paydo böladigan mehmonxonalar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etgan.

Poseydon dengiz kurortlari
Maskanning oçilişi 2008 yilga möljallangan edi. Biroq işlab çiqariş bilan boğliq muammolar jarayonni sekinlaştirdi. Poseydon dam oliş maskani texnologik ilğor suv osti mehmonxonasiga aylanadi. Bu nafaqat betakror servisni taklif etiş, balki mehmonxona joylaşgan yerdagi atrof-muhitni asraşga möljallangan ekologik loyihaning bir qismidir.
U Fiji qirğoqlarida joylaşadi. Katta derazalar esa xuşmanzaradan bahra oliş imkoniyatini beradi.

Krystall mehmonxonasi
Yevropadagi ilk «suzuvçi mehmonxona» deb atalgan Krystall mehmonxonasi ulkan qor parçasi şaklida va Norvegiya fordlari qirğoqlarida joylaşadi.
Mehmonxona Qutb aylanasida joylaşadi. Bunday ğaroyib joylaşuv taşrifçilarga şimol yoğdusini tomoşa qiliş uçun şaroit yaratadi.
Poseydon dengiz kurortlari kabi Krystall mehmonxonasi ham «çeksiz loyiha»ga aylanadi. Bu uning atrof-muhitga ta'sir körsatmasligini anglatadi.

Shimao Hotel
Kelajak mehmonxonalari notaniş joylarda quriladigan körinadi. Çiroyli manzarali adirliklarni izlaş örniga Xitoydagi Shimao Hotel dizaynerlari mehmonxonani taşlandiq sayozlikda qurişdi.

















