Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti taşabbusi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi huzuridagi «Yagona integrator UzInfocom» MÇJ bilan hamkorlikda özbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlaş va ommaviy savodxonlikni tarğib etiş maqsadida «diktant.uz» aksiyasi taşkil etildi.

Aksiya 2019 yilning 28 may kuni Alişer Navoiy nomidagi ToşDÖTAUda va mamlakatimizning barça viloyatlaridagi oliy ta'lim muassasalarida ötkazildi. Şu kunga qadar www.diktant.uz saytida beş mingga yaqin kişi röyxatdan ötgan bölib, diktantda bevosita iştirok etiş imkoniyati mavjud bölmagan sayt a'zolari uçun onlayn rejimida diktant yoziş imkoniyati ham yaratildi. Qolaversa, bevosita aksiyada qariyb ön mingga yaqin iştirokçi qatnaşdi.

Joriy yilda ilk bor Surxondaryo viloyatidagi Afğoniston fuqarolarini öqitiş ta'lim markazi talabalari, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tasarrufidagi Yonğin xavfsizligi oliy texnik maktabi tinglovçilari va özbek tilini örganayotgan xorijliklar ham aksiyada iştirok etişdi.

Iştirokçilar orasida keksalik gaştini surayotgan otaxon-u onaxonlar, endigina yozişni örgangan ukajon-u singiljonlarimizdan tortib, maktab öquvçilari, talabalar, turli xil kasb egalari bor. Ularning barçasi öz savodxonlik darajalarini uşbu aksiya orqali yana bir sinovdan ötkazişdi.

Aksiyaning yakuniy natijalari 10 kun içida www.diktant.uz saytida e'lon qilinadi.