Xalq ta'limi vazirligi izohida aytilişiça, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan mamlakatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini ta'minlaş, kasallikning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
«Aholini koronavirus kasalligidan muhofaza qiliş uçun tavsiyalar işlab çiqildi. Mazkur tavsiyalarni yoş avlodga sodda tilda yetkaziş maqsadida maktablarda diktant yoziş tadbirlari taşkil etildi.
Diktant yoziş davomida öquvçilar koronavirus yuqiş yöllari va uning tarqalişini oldini oliş böyiça amalga oşirilişi kerak bölgan çoralar haqida ma'lumotlar oladi.
Jumladan, bolalarga muntazam qöl yuviş va şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş kerakligi uqtirilmoqda», - deyiladi XTV izohida.
Bundan oldin, Xitoydan olib kelinayotgan özbekistonliklar 2 hafta davomida karantinda saqlanişi xabar berilgandi.


















