Qozoğistonda madaniyat va sport vazirligi taşabbusi bilan lotin yozuviga asoslangan qozoq tilida ilk umumrespublika diktanti ötkazildi. 

“Ma'naviy modernizatsiya” degan mavzudagi diktant Qozoğistonning barça şaharlarida ötkazilgan va unda 1,5 mln kişi iştirok etgan.    

Diktant bir vaqtda kutubxonalar va ta'lim muassasalarining buning uçun maxsus ajratilgan auditoriyalarida ötkazilgan.

Diktant matni 80 ta sözdan iborat bölgan, uning davomiyligi esa 30 daqiqani taşkil qilgan. Diktant matni radio orqali uzatib turilgan, şu sababli maxsus auditoriyalarga kela olmaganlar ham diktant yoziş imkoniga ega bölganlar.

Şuningdek, diktantni Qozoğistondagi taniqli yozuvçilar, sportçilar va arboblar bilan bir qatorda madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muxamadiöğli ham yozgan.

“Qozoqlar öz tarixi davomida arab, lotin alifbosi, kirillçadan foydalanganlar. Öşanda biz uçun qarorni boşqalar qabul qilgan. Mustaqillikka erişilgandan keyin qozoq xalqi öz istagi bilan lotin yozuviga ötmoqda”, deb aytgan vazir.

Uning aytişiça, vazirlik aholi yangi alifboga tezroq könikişi uçun bunday tadbirlarni taşkil etişni davom ettiradi.

Qozoğiston lotin alifbosiga 2025 yilgaça töliq ötadi.