Ijtimoiy tarmoqlar orqali ikki xonanda – Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonovning özaro mojaroga kirişgani haqida xabarlar tarqaldi. 

“Özbekkonsert” davlat muassasasining ma'lum qilişiça, Jahongir Otajonov öz instagram sahifasida taşkilot tomonidan litsenziyasi borasida muammo bölayotganini iddao qilib, asossiz ravişda, bir tomonlama murojaat qoldirgan.  

“Bu borada “Özbekkonsert” davlat muassasasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan Otajonov Jahongir Saparboyeviç nomiga berilgan litsenziya amal qiliş muddati 2019 yilning 28 may kuni tugaganligi bois, reytingning 2-guruhi böyiça davlat budjetiga yillik 19 867 540 söm miqdoridagi davlat boji tölovlarini hamda xonandaning ijodiy guruh a'zolariga, ya'ni sozandalariga (jami 7 nafar) litsenziyasi uçun har biriga alohida yillik 8 109 200 sömdan jami 76 631 940 söm miqdoridagi tölovlarni  (uşbu tölov sozandalar sonidan kelib çiqib özgarişi mumkin) 3 kun muddat içida tölaşi kerakligini ma'lum qiladi. Şundan söng uning faoliyati yana qonuniy ravişda davom etaveradi, aks holda, uning konsert dasturlari bekor qilinadi”, - deyiladi “Özbekkonsert” taqdim etgan ma'lumotda.

Qayd etilişiça, “Özbekkonsert” davlat muassasasi hamda rahbariyatining xonandaga nisbatan heç qanday e'tirozi yöq va bu masala u bilan tarqalgan bahsli munozaralarga ham aloqador emas. 

“Xonandalar Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonovlar borasida yuzaga kelgan vaziyat xonanda Abdulla Qurbonovning safardan qaytişi bilan belgilangan tartibda körib çiqiladi. 

Bundan taşqari, “Özbekkonsert” davlat muassasasi xonanda Jahongir Otajonovdan muborak Rözai Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlarda nojöya xatti-harakatlar bilan san'atkorlar örtasida nizo keltirib çiqarişga sabab böluvçi masxaromuz videolarni tarqatmasligini söraydi.  

Şu örinda “Özbekkonsert” DM barça xonandalarni ham muassasa bilan oçiq muloqot qilmay turib, ijtimoiy tarmoqlarda turli noörin, nojöya va asossiz gap-sözlarni tarqatmasliklarini töğrisida ogohlantiradi”, - deyiladi taşkilot xabarida. 

Eslatib ötamiz, Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonovning bir-biriga qaratilgan videolari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ularda ijodkorlardan biri jonli ijroda qöşiq kuylaş haqida gapirgan bölsa, ikkinçisi sahnada özini tutiş odobi, kiyiniş borasida hamkasbini tanqid qilgan.