Xonanda X.X. jinoiy jazoga tortildi. U firibgar jinoyatini sodir qilişda gumonlanib, 2025 yil 9 avgustdan buyon qamoqda saqlanayotgandi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, Jahongir Otajonov va X.X. Özbekiston Davlat Konservatoriyasida öqib yurgan kezlarda tanişib, aka-ukadek bölib kelgan. Ikki xonanda örtasidagi “oldi-berdi” 2017 yilda boşlangan.
2017 yil noyabr. X.X. Jahongir Otajonovning Lexus maşinasini 68 ming dollarga baholab, sotib olgan. U dastlabki tölov sifatida 34 ming dollar bergan va qolgan 34 ming dollarni 2 yilga bölib tölaşga kelişgan. Keyinçalik maşinani oldi-sotdi şartnomasiga asosan boşqa şaxslarga rasmiylaştirişga erişib, Jahongir Otajonovga 34 ming dollarni bermasdan, pullarni şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.
2019 yil iyul. X.X. Jahongir Otajonovni tanişining Toşkent şahrida bölib ötadigan töy marosimiga taklif etgan hamda xizmati evaziga 1000 dollar berişini bildirgan. U kelişilgan 1000 dollarni töy egasidan özi olib, Jahongir Otajonovga keyinçalik berişini aytgan. Ammo uşbu pulni bermasdan, öz ehtiyojlariga sarflagan. X.X. 2019 yil iyul oyida xuddi şu uslubda Jahongir Otajonovni Qaşqadaryo viloyatiga töyga olib borib, xizmat uçun kelişilgan 5 ming dollarni töy egasidan özi olgan holda xonandaga bermagan.
2021 yil fevral. X.X. Jahongir Otajonov BMW maşinasini 83 ming dollarga sotmoqçi ekanini eşitib qolgan. U maşinani xonandaga 15 ming dollar berib, qolgan qismini 2 yil davomida tölab beriş şarti bilan olgan. Keyinçalik avtomobilni oldi-sotdi şartnomasi asosida boşqa şaxslar nomiga rasmiylaştirib olişga erişgan. Kelişuv böyiça 68 ming dollarni esa Jahongir Otajonovga bermasdan, öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
2021 yil mart. X.X. Jahongir Otajonov Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi xonadonni sotiş niyatida ekanligidan xabar topgan. U mazkur xonadon uçun mijoz topganini, uyni 35 ming dollarga sotişini xonandaga aytgan. Biroq uşbu pulning 30 ming dollarini berib, qolgan 5 ming dollarini keyinçalik berişini va’da qilgan. Lekin u bu safar ham öz va’dasida turmagan.
Bundan taşqari, X.X. Jahongir Otajonovni özi muqaddam ijara asosida yaşab kelgan Toşkent şahar Yakkasaroy tumanidagi uyni ikki yil muddatga bölib tölaş evaziga sotib olişga qiziqtirgan. U xonanda yaşab kelgan Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanidagi 6,54 sotixli uyning uy-joy qurilgan 1,18 sotix qismini 50 ming dollarga sotib olişga va uşbu pullarni Jahongir Otajonov sotib olayotgan Yakkasaroy tumanidagi xonadon uçun tölov sifatida berişga işontirgan. Biroq Jahongir Otajonov Turkiyada ekanidan foydalangan X.X. 50 ming dollarni xonanda sotib olayotgan uy egasiga tölov qilmasdan, 2021 yil 2 aprel Mirzo Uluğbek tumanidagi xonadonni xaridor nomiga töliq ötkazişga erişgan. 2021 yil 12 may kuni esa uyning 1,18 sotix qismini özining nomiga rasmiylaştirib olgan. Bu orqali Jahongir Otajonovning uy-joyga bölgan mulk huquqini qölga kiritgan. Söngra 2022 yil 25 iyul kuni mazkur xonadonni sotib yuborib, Jahongir Otajonovga 50 ming dollar miqdorida moddiy zarar yetkazgan.
















