Özbekistonda yana bir taniqli şaxs yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzib harakatlangani aks etgan videosini tarqatdi. Qöşiqçi Jahongir Otajonov Zeekr avtomobilida soatiga 195 km tezlikda harakatlangan.
Videoga köra, qoidabuzarlik aholi yaşaş punktidan taşqarida, avtotrassada sodir etilgan, bunday joylarda ruxsat etilgan maksimal tezlik esa 100 km/s (ayrim hududlarda — 110 km/s)ni taşkil etadi. Qöşiqçi bir qölida rulni uşlagan holda, boşqasi bilan telefoni orqali spidometrni videoga oladi. U rolikni Instagram’dagi sahifasiga joylagan.
«Keça Zeekr qança tezlikka çiqarkan deyişgandi. Qani köramiz. Şaroit bor çiqarişga», — deydi u videoda. U spidometr körsatkiçi 195 km/soatga çiqqanida tezlikni pasaytira boşlaydi. «195 ga çiqardim, uyoğiga harakat köp ekan, töğrisi, qörqdim. Balki 200 ga ham çiqar», — deydi u.
Videoda u piyodalar ötiş joyidan qariyb 150 km/s tezlikda ötgani köringan.
23 sentabr kuni Parij olimpiadasida boks böyiça çempion bölgan Asadxöja Möydinxöjayev Toşkent şahri markazida prezident sovğasi bölgan Tahoe avtomobilida 110 km/s tezlikda (şaharda ruxsat etilgan tezlik — 60 km/s) harakatlanib, yöl harakati qoidalarini buzgandi. U ham bu holat aks etgan videoni Instagram sahifasida joylaştirgandi (keyinroq rolik öçirib yuborilgan). Sportçi bazaviy hisoblaş miqdorining 9 baravari miqdorida (3,06 mln söm) jarimaga tortilgan, u bilan «profilaktik suhbat ötkazilgani» ma’lum qilingandi.
Sentyabr oyi oxirida esa ijtimoiy tarmoqlarda bloger Nigina Meliqöziyeva Toşkent şahrida Lacetti avtomobilida katta tezlikda yurib, yöl tor va tirband bölişiga qaramay bir neçta qatnov çiziqlari böylab xavfli harakatlar (xalq orasida «şaşka» deb ataladi) amalga oşirgani aks etgan videosi tarqaldi. U bu harakatini «azarti borligi» bilan izohlagan. Unga bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari miqdorida (3,4 mln söm) jarima qöllangan va u bilan ham «profilaktik suhbat»

















