Bugun, 30 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hukumat rahbarlari darajasidagi Qöşma komissiyaning birinçi majlisida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.

Prezident mehmonni samimiy qutlar ekan, strategik şeriklik va ittifoqçilik ruhidagi ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanayotgani va izçil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Rossiya Hukumati Raisi, öz navbatida, samimiy qabul uçun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuvda özaro aloqalar va almaşinuvlar faollaşgani alohida ta'kidlandi. Tovar ayirboşlaş hajmi ortmoqda, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça «yaşil yölak» samarali işlamoqda, töqimaçilik mahsulotlarini yetkazişda soddalaştirilgan bojxona tartibi joriy etilgan.
Iqtisodiy hamkorlik böyiça ikki tomonlama dastur doirasida hududlar va işbilarmonlar darajasida umumiy qiymati 13 milliard dollardan ziyod yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.
Bugun Özbekistonda Rossiyaning «Gazprom», «Lukoyl», «Forus», «Tatneft», «Silovyye maşiny», «Kamaz», «Yevrosement», «Ekokultura», «Gazprombank», «VEB» va boşqa köplab yetakçi kompaniya va banklari faol işlamoqda.
Madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanmoqda. Yaqinda mamlakatimizda Rossiya madaniyat markazining 25 yilligi keng nişonlandi, Rossiyalik vatandoşlarning mintaqaviy konferensiyasi va Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvçilarining beşinçi xalqaro forumi muvaffaqiyatli ötkazildi.
Uçraşuvda özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş hamda turli iqtisodiy tarmoqlardagi ustuvor investitsiya loyihalarini jadallaştirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.












