Agar har qanday harakatsizlik sizni muvaffaqiyatga olib boriş örniga undan uzoqlaştirsa, qanday qilib unumli dangasa bölişni örganişingiz kerak.

Ular vazifani bajarişning oddiy va samarali usulini izlaydilar
Microsoft asosçisi Bill Geyts şunday degandi: «Men iş uçun dangasa odamni izlayman, çunki u belgilangan vazifani hal etişning köplab oson yöllarini topadi». Haqiqatan ham bunday xodim loyihani tezroq yakunlaş usullarini izlaydi va uning ustida yana işlamaslik uçun bir martadayoq eng yaxşi natijaga erişişga harakat qiladi.
Mohir optimizatorlar
Dangasa odam bir xil tusdagi işda ma'no borligini körmaydi, şuning uçun ham doim jarayonni avtomatlaştirişga harakat qiladi. Aynan şunday kaşfiyotçilar tufayli supurgi çangyutgiçga, keyin çangyutgiç-robotga özgardi.
Agar navbatdagi layfxakni uçratsangiz, ikkilanmang: uni dangasa odam öylab topgan. Çunki dangasa bölmagan odam oson usulda emas, qoidasi bilan bajargan bölardi.
Texnologiyalarni mohirona qöllaydilar
Jarayonlarni optimallaştiriş uçun biror yangi narsa kaşf etiş şart emas, tayyor işlanmalarni ham qöllaş mumkin. Dangasa odamlar kundalik vazifalarini yengillaştiradigan biror yangi narsa paydo bölganini muntazam tekşiradilar. Ular barça texnik yangiliklardan xabardor.

Ustuvorliklarni töğri belgilaydilar
Biror narsani bajarişdan avval dangasa kişilar özlaridan nima uçun buni bajarişlari lozimligini söraydilar. Savolning töğri qöyilişi natijaga ta'sir qilmaydigan ikkinçi darajali narsalarga vaqt va kuç sarflamaslik imkonini beradi.
XX asr boşida italiyalik iqtisodçi Vilfredo Pareto qonun şakllantirgan. Unga köra harakatlarning 20 foizi muvaffaqiyatning 80 foizini ta'minlaydi. Ana şu qonunga köra, töğri riçaglarga kam harakat sarflaş unumli.












