Yashashimizga ko‘pincha psixologik to‘siqlar, yolg‘on fikrlar va ongning torligi xalaqit beradi. Chiqish yo‘li bo‘lmagan aylanadan chiqish uchun ko‘pchilik mumtoz asarlar, ilmiy-ommabop va diniy nashrlarni o‘qiydi. Mashhur psixolog Mixail Yefimovich Litvak o‘z kitobida baxtli va sog‘lom hayot yo‘lidagi to‘siqlar borasidagi asosiy fikrlarni ochib beradi.

Biz ulardan 10 tasini tanlab oldik, uni bo‘sh vaqtingizda, yo‘lda o‘ylab ko‘rishingiz mumkin.

Foto: Pexels

10. Baxt – to‘g‘ri tashkillashtirilgan hayotning qo‘shimcha effekti

Baxt, quvonch va muvaffaqiyat psixiatr Viktor Frankl aytib o‘tganidek, yaxshi tashkillashtirilgan faoliyatning ikkilamchi mahsuloti. Ya'ni ana shu hislarni beradigan faoliyat.

Yuqoridagi «qo‘shimcha mahsulotlar»ga erishishni maqsad qilgan odam ularga gorizont chizig‘i kabi harakatlanadi: u orzularga qanchalik yaqin kelsa, shunchalik ulardan uzoqlashadi.

9. Bir kishi bilan muloqot qilganda u ham o‘zi haqida yaxshi fikrda ekanini unutmang. Xuddi siz kabi.

Siz bilan muloqot qilayotgan kishi ham xuddi siz kabi – shaxs ekanini hech qachon unutmaslik kerak. Unda ham narsalarga nisbatan shaxsiy fikrlar bo‘lib, bunga sabablar ham mavjud.

Shaxsiy hurmat haqida unutmaslik va uning chegaralarini buzmaslik kerak.

8. Agar hech narsa qilmasangiz, sizga qanday yordam berish mumkin? Faqat harakatlanayotgan avtomobilnigina boshqarish mumkin

Odamni eng avvalo uning xatti-harakatlari belgilaydi. Hammaga kitob yozish istagi haqida gapirib, hech qanday harakat qilmasangiz, sizga hech kim yordam bermaydi. Aslida ham sizga qanday yordam berish mumkin?

Bir qarorga kelib, nusxani nashriyotga olib borganingizda esa sizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor do‘stlar va tanishlar albatta topiladi.

Foto: Pexels