Oziq-ovqatlar hayotimizning muhim va ajralmas qismi. Ular haqida ko‘proq bilish foydali bo‘lishi aniq.

Olmalar faqat biz ko‘nikkan sariq, yashil va qizil ranglarda bo‘lmaydi. Uning qora ranglisi ham bor. Aslida bu rang to‘q siyohrangga yaqin. «Qora olmos» navli bu meva faqat bir joyda – Tibet tog‘larida o‘sadi. U ko‘p miqdordagi ultrabinafsha ta'sirida, shuning uchun ham olmaning po‘sti ana shunday to‘q rangda.
Qulupnay mevasi biz tasavvur qilgan narsa emas. Qizil lahm qismi urug‘ni tashish va tarqatish vazifasini bajaradi. Aynan u o‘simlik mevasi hisoblanadi.

Laym suvda cho‘kadi, va limon esa suv yuzasiga chiqadi. Bu mevalarning turli zichlikka egaligi tufayli sodir bo‘ladi. Yana bir qiziq fakt: limon terisida o‘zini havo cho‘ntaklari kabi tutadigan nuqtalar bor. Aynan shuning uchun ham limon cho‘kmaydi.
Oq shokoladni shokolad deb atash u qadar to‘g‘ri emas. Unda an'anaviy shirinlikka xos bo‘lgan kakao dukkaklari mavjud emas. Oq shokolad shakar, kakao moyi (aynan u oq rang beradi), letsitin, sut mahsulotlari, vanil ekstraktidan tayyorlanadi.

Coca-Cola Clear ichimligi noodatiy shaffof rangga ega. Mahsulot yapon bozori uchun ishlab chiqarilgan. Ichimlikdan karamel olib tashlanib, o‘rniga limon qo‘shilgan.
Ko‘plab yillar muqaddam sabzi olovrang bo‘lmagan. Uning hozirgi rangi – mutatsiya natijasi. Taxminan o‘n asr muqaddam ildizmeva oq va siyohrang bo‘lgan. Aytgancha, hozir ham o‘tmish ranglarini takrorlovchi sabzi navlari mavjud. To‘g‘ri, uni olovrang sabzavot kabi hamma yerda uchratishning iloji yo‘q.















