Xitoy notijorat maqsadlarda XXR korxonalariga tösqinlik qilayotgan xorijiy kompaniya va şaxslarning "qora röyxati"ni şakllantiradi. Bu haqda XXR tijorat vazirligi ma'lum qildi.
Vazirlik bayonotida aytilişiça, uşbu röyxatga Xitoy kompaniyalariga notijorat maqsadini közlagan holda tösqinlik qiluvçi, bozor tamoyillariga, şartnoma majburiyatlarini bajariş madaniyatiga amal qilmaydigan xorij kompaniyalari, taşkilotlari va jismoniy şaxslari kiritiladi.
Qayd etilişiça, aniq çoralar keyinroq e'lon qilinadi.
May oyi örtalarida AQŞ savdo vazirligi Huawei kompaniyasini “AQŞ milliy xavfsizligiga qarşi faoliyati” uçun qora röyxatga kiritgandi.

















