Rossiyaga qaraşli «Novaport» kompaniyasi Özbekistonning Samarqand, Namangan va Urganç aeroportlarini modernizatsiya qiliş böyiça şartnoma imzoladi. Bu haqda «Kommersant'» xabar berdi.
Qayd etilişiça, «Novaport» Uzbekistan Airways’ga tegişli bölgan yuqoridagi uç aeroportni modernizatsiya qiliş va rivojlantiriş bilan şuğullanadi. Naşrning «Novaport»dagi suhbatdoşlari söziga köra, holding kapitalda iştirok etiş uçun da'vogar emas: gap konsessiya haqida ketmoqda: «Konsalting kompaniyalari şartlarni işlab çiqiş uçun jalb qilinadi, iş tört oy davom etadi». Holding na investitsiyalar hajmini, na özgarişlar kölamini oşkor qilmagan.
Samarqand aeroporti birinçi navbatda rekonstruksiya qilinişi kerak: 2022 yilda şahar Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitini qabul qiladi. Namangan va Urganç aeroportlarini modernizatsiya qiliş uçun köproq vaqt ajratildi: taxminan beş yil.
Ta'kidlaş joizki, «Novaport» kompaniyasi aktivida quyidagi aeroportlar bor:
1. Çita xalqaro aeroporti
2. Çelyabinsk xalqaro aeroporti
3. Tomsk xalqaro aeroporti
4. Astraxan xalqaro aeroporti
5. Volgograd xalqaro aeroporti
6. Novosibirsk xalqaro aeroporti
7. Tyumen xalqaro aeroporti
8. Murmansk xalqaro aeroporti
9. Perm xalqaro aeroporti
10. Kemerovo xalqaro aeroporti
11. Mineralnyye Vody xalqaro aeroporti
12. Kaliningrad xalqaro aeroporti.
Bundan oldin, Özbekiston yana bir yönalişda Rossiya bilan hamkorlik qilişi xabar berilgandi.













