2019 yil 23 may kuni Buxoro tumani Şergiron MFYda yaşovçi 22 yoşli Ş.Q. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.

U şu yil 5 mayga ötar keçasi noma'lum şaxslar öziga tegişli dökon eşigini buzib kirib, u yerdan 5 mln. söm pullari, umumiy qiymati 2 mln. sömlik turli xildagi tamaki va oziq-ovqat mahsulotlarini öğirlab ketganliklarini ma'lum qilgan.

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Qoraköl tumani Tinçlik mahallasida yaşovçilar 37 yoşli S.X., 39 yoşli M.R. va Navbahor mahallasida yaşovçi 33 yoşli Ş.P.lar sodir etganliklari aniqlanib, uşlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.