Malayziya hukumati Malaysia Airlines aviakompaniyasi “Boing”ining 2014 yil yozida Donbassda halokatga uçraşida Rossiya aybdorligining işonçli isbotini körmadi. Bunday bayonot bilan Malayziya boş vaziri Maxatxir Muhammad çiqdi, deb xabar berdi MalayMail naşri.
Malayziya boş vazirining aytişiça, Niderlandiya hukumati ötkazgan tergov natijalariga köra Malayziya işonç hosil qilgan yagona narsa yölovçi samolyotini urib tuşirgan raketa Rossiyada işlab çiqariladigan raketa kabi turda ekani bölgan. Muhammad tergovning “boş versiyasi”, ya'ni halokatda Rossiya qöşinlari aybdorligini isbotlangan deb hisoblamasligini aytgan.
“Raketa Ukrainada ham işlab çiqarilgan bölişi mumkin. Uni ayirmaçilar yoki Ukraina hukumati emas, ruslar otganini aytiş uçun işonçli isbotlar zarur. Axir, Ukrainada ham şunday raketalar bor-ku”, deb aytgan siyosatçi.
Malayziya boş vazirining ta'kidlaşiça, samolyot halokatiga intizomsiz askarlar javobgardir, çunki xoynahoy rossiyalik harbiylar yölovçi “Boing”ini harbiy samolyotdan farqlay olgan bölardi.
Muhammadning aytişiça, şubhalarga Malayziyaning ekspertizaga qöyilmagani sabab hisoblanadi. Uning ta'kidlaşiça, ekspertiza haqiqatni emas, balki Rossiya aybdorligining isbotini topişga qaratilgan bölişi mumkin.
“Nima uçun bizni tergovdan çetlaştirişganini sababini bilmaymiz, biroq boşidan bunda haddan köp siyosat borligini körmoqdamiz. Ğoya bu qanday yuz berganini aniqlaşdan emas, körinişiça aybni ruslarga ağdarişdan iborat”, deb öz fikrlarini xulosalagan Malayziya boş vaziri.
2018 yil mayida tergov guruhi yölovçi samolyoti Rossiya qurolli kuçlarining “Buk” raketasidan urib tuşirilgani haqidagi xulosaga kelgan, biroq bunga kim javobgarligini örnata olmagan.
Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi böyiça yönalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uçragan. Uning bortida bölgan 298 kişining barçasi halok bölgan. Voqeani tergov qiluvçi qöşma tergov guruhi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari kirgan.












